USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

ŞOVOT KANALIDA 9-SINF ÖQUVÇISI ÇÖKIB KETDI.

1 122 марта
ŞOVOT KANALIDA 9-SINF ÖQUVÇISI ÇÖKIB KETDI.

Keça keçqurun soat 20:00 atrofida Şovot kanalida yuraklarni larzaga soluvçi, mudhiş fojia yuz berdi. Malumotlarga köra, 9-sinf öquvçisi bölgan voyaga yetmagan bola kanal ustidagi köprikdan suvga sakragan va qaytib yuzaga çiqmagan.

Mudhiş xabardan söng zudlik bilan voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) qutqaruvçilari yetib kelişdi va qidiruv-qutqaruv işlarini boşlaşdi. Ammo, afsuski, möjiza yuz bermadi... Soat 22:10 larda qutqaruvçilar tomonidan bolaning jonsiz tanasi suvdan olib çiqildi.

Jigarbandidan ayrilgan onaizorning voqea joyidagi alamli yiğisi, köz yoşlari va faryodi atrofdagi har bir insonning qalbini tirnab yubordi. Bu oğir musibat, tariflab bölmas judolikni heç bir ota-onaning boşiga solmasin.

Bu aççiq saboq barçamizni uyğotişi şart!
Yoz mavsumi qizigan sari bolalarning suvga, çömilişga bölgan iştiyoqi ortişi tabiiy. Biroq Şovot kanali kabi oqimi tez va xavfli suv havzalari, ularning ustiga qurilgan köpriklar şöxlik qiladigan yoki özaro kuç sinaşadigan joy emas! Bolalar xavfni töliq anglamay, bir lahzalik his-tuyğu yoki maqtaniş oqibatida mana şunday tuzalmas xatolarga yöl qöyişmoqda.

Hurmatli ota-onalar! Farzandingiz ayni daqiqada qayerda, kimlar bilan va nima iş bilan band ekanligidan doimo xabardormisiz? Ularning hayotiga befarq bölmang!

Barça ota-onalardan quyidagilarga qatiy amal qilişlarini söraymiz:
 Qatiy nazorat: Farzandlaringizni kanallar, suv omborlari va oçiq suv havzalari atrofiga nazoratsiz çiqib ketişiga aslo yöl qöymang.

 Töxtovsiz tuşuntiriş: Bolalarga suvning hazillari yomon oqibatlarga olib kelişini, taqiqlangan joylarda çömiliş va köpriklardan suvga sakraş öz joniga qasd qiliş bilan barobarligini tinmay uqtiring.

 Insoniylik burçi: Agar köçada, kanal böyida xavfli tarzda yurgan yoki köprikdan suvga sakramoqçi bölayotgan biron bir bolani körib qolsangiz, çetda qarab turmang! U kimning farzandi bölişidan qati nazar töxtating, uyiga, ota-onasining bağriga qaytaring.

Bir soniyalik beetiborlik butun bir umrlik armon va kuyib ötiladigan dardga aylanişi mumkin. Jigarbandlarimiz xavfsizligi va hayoti öz qölimizda!

Изоҳ қолдириш

    • Кувондик 24 Iyun 2026 08:12
      Ток уриш окибатида халок булди нотугри малумот ёзма ука
    • Кувондик 24 Iyun 2026 08:35
      Нотугри маьлумот барма 94 011 5000 га тел кил ука

Мавзуга алоқадор: