Xorazmlik hojilarning navbatdagi guruhi jönab ketdi.
25-05-2025, 19:46
492 марта
Bugun, Xorazmlik hojilarning navbatdagi karvoni muqaddas manzillarga yöl olişdi. Hajga boriş nasib etgan kişi Islomning beşinçi ruknini töliq bajarişi şart. Çunki mukammal qilingan hajning mukofoti juda uluğdir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Hajji mabrurning mukofoti faqatgina jannatdir” (Imom Ahmad rivoyati), deb marhamat qilganlar. Boşqa bir hadisda esa: “Kim Alloh uçun haj qilsa, fahş söz aytmasa va fisqu fasod qilmasa, xuddi onasi tuqqan kunidek qaytadi”, deyilgan (Imom Buxoriy rivoyati).Haj sari qadam qöyayotgan hamyurtlarimizning közlarida quvonç, tillarida şukronalik. Barça muborak safar taraddudida, muqaddas zaminga oşiqmoqda.
Qayd etiş joizki, bölğusi hojilarga Makka va Madina şaharlarida barça şaroitlarga ega mehmonxonalar xizmat körsatib, tajribali işçi guruh va malakali şifokorlar hamrohlik qiladilar.







