Urganç tumanidagi uçta mahallada ertaga tabiiy gaz vaqtinça öçiriladi
13-07-2026, 19:28
412 марта
Urganç tumanidagi uçta mahallada ertaga tabiiy gaz vaqtinça öçiriladi14 iyul kuni Urganç tumanidagi ayrim mahallalarda rejali tamirlaş işlari sababli tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
“Hududgaz Xorazm” gaz taminoti filiali malum qilişiça, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida gaz quvurlarida rejali tamirlaş işlari amalga oşiriladi.
Şu munosabat bilan 14 iyul kuni soat 09:00 dan 17:00 gaça Urganç tumanining Oq oltin, Köna Ovul va Boğdorçi mahallalariga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Mutasaddilarning bildirişiça, tamirlaş işlari yakunlangaç, tabiiy gaz taminoti bosqiçma-bosqiç qayta tiklanadi.
“Hududgaz Xorazm” masullari aholidan uşbu vaqtinçalik noqulaylik uçun uzr sörab, ehtiyot çoralarini körişni hamda gaz jihozlaridan xavfsiz foydalaniş qoidalariga amal qilişni söramoqda.