USD: 11,938 so'm EUR: 13,769 so'm RUB: 142 so'm GBP: 16,108 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 26 so'm TRY: 250 so'm AED: 3,251 so'm USD: 11,938 so'm EUR: 13,769 so'm RUB: 142 so'm GBP: 16,108 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 26 so'm TRY: 250 so'm AED: 3,251 so'm

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasi ishtirokchilari “Ichan qalʼa” bo‘ylab sayohat qilishdi

123 марта
Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasi ishtirokchilari  “Ichan qalʼa” bo‘ylab sayohat qilishdi


Bugun Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasi doirasida dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan yosh matematiklar qadimiy Xivaning yuragi bo‘lgan “Ichan qalʼa” muzey-qo‘riqxonasi bo‘ylab sayohat qilishdi. Ushbu tashrif olimpiada doirasidagi ilmiy bellashuvlardan tashqari, ishtirokchilarga Xorazmning boy tarixi va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratdi.

"Ichan qalʼa" — YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan noyob me’moriy majmua bo‘lib, o‘zida ko‘plab qadimiy obidalarni mujassam etgan. Sayohat davomida mehmonlar Muhammad Aminxon madrasasi, Kalta minor, Juma masjidi, Tosh hovli saroyi kabi tarixiy yodgorliklarni ko‘zdan kechirishdi. Mehmonlarga qal’a tarixi, Xiva xonligi davridagi siyosiy va madaniy hayot haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur tashrif Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada namoyon etishga xizmat qilib, xalqaro mehmonlarda viloyatning tarixiy obidalari va mehmondo‘st xalqiga bo‘lgan qiziqishini oshirdi. 









Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: