Prezident tadbirkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişning ustuvor yönalişlarini belgiladi
18-08-2026, 15:40
110 марта
Prezident tadbirkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişning ustuvor yönalişlarini belgiladiPrezident Şavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni Xiva şahrida tadbirkorlar bilan oçiq muloqot ötkazib, biznesni rivojlantirişning yangi ustuvor yönalişlarini belgilab berdi.
Muloqotda mamlakatning barça hududlaridan 25 mingga yaqin tadbirkor iştirok etdi. Qayd etilganidek, sönggi beş yilda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi. Biznesga ajratilgan kreditlar hajmi qariyb 3 karra oşib, 450 trillion sömga yetdi.
Xorazmda ham tadbirkorlik uçun yangi imkoniyatlar yaratildi. Qisqa davrda viloyatga 4 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilib, 10 mingta yangi quvvat işga tuşirildi. Bugun viloyat iqtisodiyotining 72 foizini kiçik biznes yaratmoqda, eksportda uning uluşi 81 foizga yetgan.
Muloqotda tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş böyiça 5 ta asosiy yönaliş belgilandi:
— biznesni moliyalaştirişning yangi tizimini yaratiş;
— hududlarda tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytiriş;
— suniy intellekt va zamonaviy texnologiyalarni biznesga keng joriy etiş;
— eksport salohiyati va milliy brendlarni oşiriş;
— tadbirkorlarga mamuriy bosimni keskin kamaytiriş.
Şuningdek, kiçik biznes uçun 200 million sömgaça garovsiz kredit beriş, 10 milliard sömgaça kreditlarda kontr-kafolat tizimini joriy etiş, suniy intellektni joriy qilgan korxonalar xarajatining 50 foizini qoplaş kabi çoralar belgilandi.
Turizm sohasida ham tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş kuçaytiriladi. Mehmonxona quriş, rekonstruktsiya qiliş va jihozlaş uçun 50 million dollar resurs ajratiladi.
Prezident Xorazm, Samarqand va Buxoroda turizm, kreativ industriya hamda agrosanoat brendlarini rivojlantirişni asosiy ösiş nuqtalari sifatida belgiladi.
Yiğiliş yakunida davlat rahbari tadbirkorlarni yangi imkoniyatlardan samarali foydalanib, biznesni kengaytiriş va yangi iş örinlari yaratişga çaqirdi.







