Xorazmda eng köp sanoat korxonasi qayerda faoliyat yuritmoqda?
29-08-2026, 08:25
185 марта
Xorazmda eng köp sanoat korxonasi qayerda faoliyat yuritmoqda?Xorazm viloyatida sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni yil sayin ortib bormoqda.
2026 yil 1 avgust holatiga köra, viloyatda jami 4 036 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 477 taga köpaygan.
Hududlar kesimida eng köp sanoat korxonasi Urganç şahrida qayd etilgan — 724 ta. Bu viloyatdagi jami sanoat korxonalarining 17,9 foizini taşkil qiladi.
Keyingi örinlarda:
🔹 Urganç tumani — 491 ta (12,2 foiz);
🔹 Xonqa tumani — 442 ta (11,0 foiz);
🔹 Qöşköpir tumani — 360 ta (8,9 foiz);
🔹 Şovot tumani — 295 ta (7,3 foiz).
Şu tariqa, viloyatdagi har oltita sanoat korxonasidan qariyb bittasi Urganç şahri hissasiga töğri kelmoqda.
Korxonalar sonining köpayişi hududlarda işlab çiqariş salohiyati kengayayotgani va yangi tadbirkorlik subektlari faoliyat boşlayotganidan dalolat beradi.