Yangi mehmonxona faoliyatini boşladi — qança subsidiya ajratildi?
29-08-2026, 09:22
141 марта
Yangi mehmonxona faoliyatini boşladi — qança subsidiya ajratildi?Xorazmda turizm infratuzilmasini rivojlantiriş va yangi mehmonxona obektlarini barpo etiş borasidagi işlar davom etmoqda.
Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan viloyatda yana bir yangi mehmonxona — «Ibrohim Xöja» öz faoliyatini boşladi.
Malum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 15 noyabrdagi «2024–2026 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–394-son qaroriga muvofiq, «Ibrohim Xöja» mehmonxonasiga 400 million söm subsidiya ajratilgan.
Joriy yilda Xorazm viloyatidagi 8 ta mehmonxonaga jami 2 milliard 244 million söm miqdorida subsidiya ajratilgan:
🏨 «Saroy Khiva» — 150 mln söm
🏨 «Farohat ona» — 200 mln söm
🏨 «Şerline» — 54 mln söm
🏨 «Nova» — 60 mln söm
🏨 «Turkezm» — 580 mln söm
🏨 «Sahro» — 300 mln söm
🏨 «Kamil Palace» — 500 mln söm
🏨 «Ibrohim Xöja» — 400 mln söm
Yangi mehmonxonalarning işga tuşirilişi hududda sayyohlar uçun joylaşiş imkoniyatlarini kengaytiriş, turizm infratuzilmasini yaxşilaş va tadbirkorlik subektlarini qöllab-quvvatlaşga xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, Xorazmning turistik salohiyati yuqori ekani inobatga olinsa, mehmonxona xöjaligida yangi loyihalarning amalga oşirilişi viloyatga keluvçi içki va xorijiy sayyohlar uçun qöşimça qulayliklar yaratişi kutilmoqda.




