Xorazmda kambağal oilalar farzandlari uçun kasb-hunarga jalb qiliş çoralari kuçaytiriladi
3-09-2026, 12:09
70 марта
Xorazmda kambağal oilalar farzandlari uçun kasb-hunarga jalb qiliş çoralari kuçaytiriladiXorazm viloyatida kambağal oilalarni örganiş jarayonida uşbu oilalarda 48 ming nafar bola borligi aniqlangan.
Biroq hozirga qadar mazkur yoşlar bilan alohida işlaş, ularni erta yoşdan kasb-hunarga yönaltiriş böyiça maxsus dastur mavjud emasligi qayd etildi.
Viloyatning har bir tumanida kamida 1–2 ta texnikum va 4–5 tadan öquv markazi faoliyat yuritayotgani inobatga olinib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş vazifasi qöyildi.
Şu maqsadda yoşlar yetakçilari, hokim yordamçilari va xotin-qizlar faollari zimmasiga maktab, texnikum hamda öquv markazlarida kambağal oilalar farzandlari uçun qöşimça tögaraklar taşkil etiş vazifasi yuklatildi.
10 mingdan ziyod ayol bola parvarişi bilan band
Malumotlarga köra, Xorazmda kambağal oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarişi bilan band.
Bunday oilalar farzandlarining maktabgaça talim bilan qamrovi esa 75 foizga ham yetmayotgani körsatib ötildi.
Şu bois bolalarni boğçaga qamrab olişni kengaytiriş, onalar uçun esa mehnat qiliş va daromad topiş imkoniyatlarini yaratiş muhim vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda.
646 nafar yoş dual talimga jalb qilinişi mumkin
Şuningdek, hududda amalga oşirilayotgan yangi loyihalardan kelib çiqib, 646 nafar kollej öquvçisi hamda oliygoh talabasining dual talim asosida kasbiy könikmalarini oşiriş imkoniyati mavjudligi takidlandi.
Bu orqali yoşlarni nazariy bilim bilan bir qatorda amaliyotga jalb qiliş, ularga zamonaviy kasb va mutaxassisliklarni egallaş imkonini beriş mumkin.
526 nafar fuqaroga ijtimoiy yordam kuçaytiriladi
Kambağal oilalarda istiqomat qiluvçi pensiya yoşidagi va nogironligi bölgan 526 nafar şaxsga ijtimoiy yordamni kuçaytiriş orqali ularni parvariş qilayotgan oila azolarini ham daromadli mehnatga jalb etiş imkoniyati borligi qayd etildi.
Umuman, belgilangan vazifalar kambağal oilalardagi har bir azo bilan manzilli işlaş, bolalarni talim va kasb-hunarga yönaltiriş, ayollarni band qiliş hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.