Kambağal oilalar farzandlari uçun boğça tölovi davlat tomonidan qoplanadi
24-10-2025, 16:43
272 марта
Kambağal oilalar farzandlari uçun boğça tölovi davlat tomonidan qoplanadiEndi nodavlat boğçalarda tarbiyalanayotgan bazi oilalarning farzandlari uçun tölovlarni davlat tölab beradi.
Mazkur tartib Adliya vazirligi tomonidan röyxatdan ötkazilgan “Kambağal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgaça talim taşkilotlariga uşbu bolalar taminoti uçun ota-onalar tölovining bir qismini Davlat byudjetidan qoplab beriş tartibi töğrisida”gi nizomda belgilab qöyilgan.
Bu nizomga köra, oilaviy nodavlat maktabgaça talim taşkilotlarida tarbiyalanayotgan “Kambağal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlari uçun tölovlarning bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi.
Bu röyxat axborot tizimi orqali avtomatik ravişda şakllantiriladi. Bu oilalarning ota-onalar tölovini qoplaş uçun tegişli hududda 9 soatlik iş rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgaça talim taşkilotlari uçun belgilangan ota-onalar tölovining 40 foizi oilaviy MTTga kompensatsiya şaklida ajratiladi.
Kompensatsiya oilaviy MTTga haqiqatda qatnayotgan ayrim toifadagi oilalar farzandlari sonidan kelib çiqib, biroq Maktabgaça va maktab talimi vazirligi bilan oilaviy MTT örtasida tuzilgan bitimda belgilangan örinlarning 15 foizidan köp bölmagan qismiga ajratilişi belgilangan.