USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda ayrim boğça bolalari uçun har oy 618 ming sömdan beriladi

554 марта
Özbekistonda ayrim boğça bolalari uçun har oy 618 ming sömdan beriladi

Özbekistonda kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning boğçaga borayotgan bolalari uçun 3 yoşga tölgunga qadar har oy 618 000 sömgaça moddiy yordam beriladi.


Hukumatning 2-avgustdan kuçga kirgan “Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bölgan yolğiz ota va onalarga farzandi uçun maktabgaça talim xizmatidan foydalanişda moddiy yordam tölaş töğrisida”gi qarorida uning tartibi tasdiqlandi.

Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bölgan yolğiz ona (ota)ga ijtimoiy şartnoma asosida bir nafar farzandi uçun, bola 3 yoşga tölgunga qadar maktabgaça talim xizmatidan foydalaniş uçun Ijtimoiy himoya davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan BHMning bir yarim baravarigaça (618 ming söm) miqdorida moddiy yordam berilişi Prezidentning “Bolalarni ijtimoiy himoya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2024 yil 14 noyabrdagi farmonida belgilangandi. Bunda bolalar egizak bölsa, moddiy yordam egizaklarning har biri uçun beriladi.

Hukumat qaroriga köra, 2025 yil 1-sentyabrdan boşlab kambağal oilalar reyestriga kiritilgan yolğiz ona (ota)larga farzandi uçun boğça xizmatidan foydalanişda moddiy yordam oliş böyiça “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi hamda my.gov.uz portali orqali ariza bilan murojaat qiliş imkoniyati yaratiladi. Bunda “Inson” markazi yoki Davlat xizmatlari markazlariga şaxsan borib yoki ijtimoiy xodim orqali ariza bilan murojaat qilişi ham mumkin.

Subsidiya şaklidagi uşbu moddiy yordam inson omilisiz, avtomatik hisoblanib, tölaş yölga qöyiladi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2025 yil 1-sentyabrgaça “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida moddiy yordam oliş uçun arizalarni qabul qiliş va körib çiqiş, moddiy yordam oluvçilar reyestrini şakllantiriş hamda ularga moddiy yordam miqdorini avtomatik hisoblaş va tölaş imkoniyatini yaratişi lozim.

Quyidagi holatlarda moddiy yordamning hisoblanişi va tölanişi töxtatiladi:
  • bola 3 yoşga tölganda;
  • oila kambağallar reyestridan çiqarilganda;
  • bola doimiy yaşaş uçun Özbekistondan taşqariga çiqib ketganda;
  • bola vafot etganda yoki sud tomonidan bedarak yöqolgan deb topilganda;
  • bola maktabgaça talim taşkiloti tarbiyalanuvçilari röyxatidan çiqarilganda;
  • bola töliq davlat taminotiga ötkazilganda.
Moddiy yordam mablağlari ularni oluvçilarning “ijtimoiy karta”siga, bunday kartasi yöq bölsa, “Xalq banki”da oçilgan bank kartalariga ötkaziladi. Bundan birinçi marta bank kartalarini oçiş uçun moddiy mablağlarni oluvçilardan haq undirilmaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: