Gaz va «svet» kompensatsiyasi uçun arizalar qabuli boşlandi
7-06-2025, 14:59
762 марта

Gaz va «svet» kompensatsiyasi uçun arizalar qabuli boşlandi
Joriy yil 1 maydan Özbekiston böylab ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uçun yil davomida kompensatsiya tölaş amaliyoti yölga qöyildi. Endilikda kompensatsiya faqat qiş mavsumi (noyabr–fevral)da emas, har oyda tölab beriladi.E
Kompensatsiyalar ayrim toifalarga mansub oilalarga beriladi. Jkmladan, Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambağal oilalar reyestiriga kiritilgan oilalar – bunda oila azolariga töğri keladigan oylik daromad 669 ming sömdan kam bölişi lozim.
Şuningdek, ikki reyestrga ham kirmagan, ammo mol-mulki kam va oylik daromadi har bir azoga 1 mln sömdan kam bölgan oilalar ham uşbu yordamdan foydalana oladi.
2024-2025 yilgi isitiş mavsumi uçun umumiy kam taminlangan oilalarga 313,6 mlrd söm yordam berilgan bölsa, endilikda bu tizim yanada kengaytirilib, 2025 yilda umumiy hisobda 1 trln 330 mlrd söm miqdorida kompensatsiya ajratilişi rejalaştirilgan.
Arizalar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi, mahalladagi ijtimoiy xodim va 1140 telefon raqami orqali qabul qilinadi.