USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urgançda Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasining yangi filial binosi foydalanişga topşirildi

117 марта
Urgançda Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasining yangi filial binosi foydalanişga topşirildi

Urganç şahrida Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganç filialining yangi, zamonaviy binosi foydalanişga topşirildi.

Yangi majmua oçilişi munosabati bilan taşkil etilgan tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jörabek Raximov, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinçi örinbosari Nodirbek Sayfullayev, madaniyat va sanat sohasi vakillari, filial professor-öqituvçilari hamda talabalar iştirok etdi.

Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan yangi bino 200 nafar talabaga möljallangan. Talim muassasasi hududida talabalar uçun 70 örinli yotoqxona ham taşkil etilgan.

Talabalarning kasbiy mahoratini oşiriş va amaliy maşğulotlarni samarali taşkil etiş maqsadida binoda 7 ta maxsus raqs xonasi barpo etilgan. Bu yerda yoş istedodlar xoreografiya sirlarini yanada çuqur örganiş va öz mahoratini oşiriş imkoniyatiga ega böladi.

Şuningdek, yangi majmuada 160 örinli zamonaviy zal ham mavjud. Unda turli madaniy-marifiy tadbirlar, körik-tanlovlar, ijodiy uçraşuvlar va boşqa tadbirlarni yuqori saviyada ötkaziş mumkin.

Yangi binoda yaratilgan şaroitlar Xorazmda xoreografiya sanatini rivojlantiriş, yoş istedodlarni qöllab-quvvatlaş va malakali kadrlar tayyorlaş uçun muhim qadam böldi.






Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: