USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urgançda zamonaviy madaniyat markazi foydalanişga topşirildi

353 марта
Urgançda zamonaviy madaniyat markazi foydalanişga topşirildi

Qutluğ bayramlar arafasida Urganç şahrida yangi zamonaviy madaniyat markazi binosi tantanali ravişda foydalanişga topşirildi. Mazkur inşoot hududda madaniyat va sanat sohasini yanada rivojlantiriş, ijodkorlar uçun munosib şaroit yaratişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.

Yangi madaniyat markazi eng sönggi rusumdagi texnik jihozlar bilan taminlangan. Bino tarkibida 300 örinli zamonaviy tomoşalar zali, ovoz yoziş studiyasi, turli tögarak maşğulotlarini ötkaziş va repetitsiyalar uçun maxsus xonalar taşkil etilgan. Bu yerda sanat ahli va yoş ijodkorlar erkin ijod qilişi, öz iqtidorini namoyon etişi uçun barça qulayliklar yaratilgan.

Tadbirda sözga çiqqan Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov hamda Özbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinçi örinbosari Avazxon Tojixonov mamlakatimizda madaniyat va sanatga berilayotgan yuksak etibor haqida töxtalib ötdilar. Ular yangi madaniyat markazi xalqimiz manaviyatini yuksaltiriş, yoşlarni sanatga keng jalb etişda muhim örin tutişini takidladilar.

Tantanali tadbir davomida yana bir muhim yangilik ham elon qilindi. Xorazmning boy qöşiqçilik va raqs sanatini asrab-avaylaş, uni avloddan avlodga yetkaziş hamda buyuk hofiz nomini abadiylaştiriş maqsadida Komiljon Otaniyozov nomidagi yangi aşula va raqs ansambli taşkil etildi.

Mazkur ansambl uçun tegişli ştat birliklari ajratilgan bölib, ijodiy faoliyatni samarali taşkil etiş maqsadida jamoa yangi avtobus, sahna liboslari va zarur jihozlar bilan taminlandi. Endi ansambl ham öz faoliyatini uşbu yangi madaniyat markazi binosida olib boradi.

Şuningdek, madaniyat markazida “Xorazm”, “Maqomçilar” va “Joziba” xalq ansambllari jamoalari ham joylaşib, öz ijodiy dasturlarini namoyiş etib boradilar.

Mutaxassislar takidlaşiça, mazkur markaz nafaqat ijodkorlar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi, balki Xorazm viloyatida madaniy hayotni yanada jonlantiriş, yoşlarni milliy sanatga keng jalb etişda muhim örin tutadi.








Изоҳ қолдириш

    • Қаҳрамон 5 Aprel 2026 16:27
      Манзили қаерда

Мавзуга алоқадор: