XORAZMDAGI YaGONA AVTOMOBIL BOZORI OLDIDA — IFLOS KANAL, LOQAYD MASULLAR
5-09-2026, 10:20
149 марта
XORAZMDAGI YaGONA AVTOMOBIL BOZORI OLDIDA — IFLOS KANAL, LOQAYD MASULLARXorazm viloyatidagi eng katta va yagona avtomobil bozori har kuni minglab xaridor va sotuvçilarni öziga jalb etadi. Biroq bozor oldidan ötgan kanal manzarasi köpçilikni öylantiradi — suvning örnini çiqindi, polietilen xaltalar va turli xil axlat egallagan.
Mahalliy aholi va bozorga taşrif buyuruvçilarning aytişiça, bu holat bir kunlik emas — kanal ança vaqtdan beri şu ahvolda. Kuz kunlari esa yomğir va şamol tufayli çiqindilar kanal böylab yanada köproq tarqalib, atrofga yoqimsiz köriniş va hid beryapti, bu esa nafaqat estetik körinişni, balki sanitariya-epidemiologiya vaziyatini ham tahdid ostiga qöymoqda.
Eng açinarlisi şundaki, viloyatning ana şunday nufuzli va köp odam keladigan joyida bunday holatning yillab davom etişi — masul idoralarning etiborsizligidan dalolat beradi. Avtomobil bozori kabi katta aylanma mablağ va ommaviy taşrifçilarga ega obekt oldida tartib bölişi şart emasmi?
Xorazmliklar masul xizmatlardan — suv xöjaligi va kommunal xizmat idoralaridan — kanalni tozalaş va kelgusida bunday holatning takrorlanmasligi uçun çora körişni talab qilmoqda. Aks holda, viloyatning “yuzi” hisoblangan joylardagi bunday körinişlar nafaqat mahalliy, balki mehmonlar köz öngida ham salbiy taassurot qoldiraveradi.