Boğot tumanida tanqiddan söng yölga qayta asfalt yotqizildi
5-09-2026, 20:46
142 марта
Boğot tumanida tanqiddan söng yölga qayta asfalt yotqizildiXorazm viloyati Boğot tumaniga qaraşli Nayman qişloği Tozabozor mahallasida yuzaga kelgan asfalt sifati muammosi ijobiy hal etildi.
Eslang, mazkur mahallada yaqinda yotqizilgan asfalt qoplama qalinligi atigi 1-2 santimetrni taşkil etgani, bu esa amaldagi davlat standartlariga mos kelmasligi haqida xabar bergan edik. Aholi davlat mablağlari hisobidan amalga oşirilayotgan uşbu işlarning sifatsiz bajarilişi uzoq muddatda yölning qayta yorilişi va buzilişiga olib kelişi, natijada davlat mablağining samarasiz sarflanişidan xavotir bildirgan edi.
Naşrimiz tomonidan kötarilgan uşbu masalaga masul taşkilotlar tezkor munosabat bildirdi. Hududda qayta işlar taşkil etilib, avvalgi sifatsiz qatlam örniga yangi, texnik meyorlarga muvofiq asfalt qoplama yotqizildi.
Mahalla aholisi uşbu özgarişdan mamnunligini bildirib, muammoni etirof etib, uni tezda bartaraf etgan tegişli idoralarga minnatdorçilik izhor qilmoqda.
