BOĞOT TUMANIDA YÖL INFRATUZILMASI YaXŞILANMOQDA

BOĞOT TUMANIDA YÖL INFRATUZILMASI YaXŞILANMOQDA
“Avtoyöl” matbuot xizmati malumotiga köra, Boğot tumanida yöl infratuzilmasini yaxşilaş böyiça amaliy işlar davom etmoqda. Boğot tuman Yöllardan foydalaniş davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatiga ega D-220 “Boğot q. – Yangiariq q. – Xiva ş. – Qöşköpir q. – Şovot ş. – Gurlan ş.” avtomobil yölining 9–10-km qismiga asfalt-beton qoplamasi yotqizildi.
Uşbu işlar aholi uçun yöl harakatini yanada xavfsiz va qulay etiş, transport oqimini barqaror taminlaş hamda hududdagi iqtisodiy faollikni rağbatlantirişga qaratilgan. Quriliş jarayonida zamonaviy texnologiyalar va sifatli materiallar qöllanilib, yölning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilişiga erişildi.
Mutaxassislarning takidlaşiça, mazkur yöl uçastkasi yangilanişi Boğot tumanidagi transport infratuzilmasini yaxşilaş bilan birga, qişloq va şaharlar örtasidagi özaro aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Bajarilayotgan işlar mahalliy iqtisodiy taraqqiyotga hissa qöşadi hamda aholining kundalik hayotida qulaylik yaratişga yönaltirilgan amaliy loyihalardan biri sifatida etirof etilmoqda.

