XORAZMLIK OLLOYoR ABDUŞARIPOV TOŞKENTDA NOKAUT BILAN ĞALABA QOZONDI
5-09-2026, 22:29
482 марта
XORAZMLIK OLLOYoR ABDUŞARIPOV TOŞKENTDA NOKAUT BILAN ĞALABA QOZONDIVatanimiz sportçilari jahon ringlarida yana bir bor öz kuçini namoyiş etişdi. Xorazmlik, Urganç şahrida tuğilib ösgan sportçi Olloyor Abduşaripov (5-1) OCTAGON 91 turnirida qatnaşib, raqibini nokaut bilan mağlub etişga muvaffaq böldi.
Toşkent şahrida bölib ötgan mazkur musobaqada Abduşaripov rossiyalik boksçi Aleksandr Nikitin (2-2) bilan yuzma-yuz töqnaşdi. Jang birinçi raundning dastlabki daqiqalaridayoq yakunlandi — xorazmlik pahlavon kuçli zarba bilan raqibini nokautga uçratib, hakamlar aralaşuvini talab qiladigan darajada ğalaba qozondi.
Uşbu natija bilan Abduşaripov öz rekordini yana bir bahs bilan boyitdi va muxlislari orasida katta qiziqiş uyğotdi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning jangi millionlab tomoşabin etiborini tortib, “Octagon League” rasmiy sahifasi orqali ham elon qilindi.