Xorazmda 8 oyda 4 mingdan ortiq murojaat kelib tuşgan
12-09-2026, 15:40
160 марта
Xorazmda 8 oyda 4 mingdan ortiq murojaat kelib tuşganXorazmda fuqarolar va yuridik şaxslarning davlat idoralariga murojaatlari soni minglabni taşkil etmoqda. Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boşqarmasi malumotlariga köra, 2026 yilning ötgan 8 oyida boşqarma va uning hududiy bölimlariga jami 4 240 ta murojaat kelib tuşgan.
Malum qilinişiça, şundan 3 856 tasi körib çiqilib, hal qilingan. Bu umumiy murojaatlarning qariyb 91 foiziga töğri keladi.
Hal qilingan murojaatlarning 1 328 tasi qanoatlantirilgan, yana 2 528 ta murojaat yuzasidan huquqiy tuşuntiriş berilgan.
Şu bilan birga, barça murojaatlar ham mazmunan körib çiqişgaça yetmagan. Rasmiy malumotda 83 ta murojaat körmasdan qoldirilgani, 21 ta murojaat böyiça iş yuritiş tugatilgani qayd etilgan.
Olis hududlarga ham çiqib borilmoqda
Murojaatlarni örganiş faqat boşqarma binosida emas. Fuqarolarga qulaylik yaratiş maqsadida viloyatning olis hududlarida har haftaning çorşanba kuni sayyor qabullar taşkil etilmoqda.
Yil boşidan buyon 32 ta sayyor qabul ötkazilib, ularda 717 nafar fuqaroning murojaati tinglangan.
Byuro malumotiga köra, kötarilgan muammolar nazoratga olinib, ularni hal etiş çoralari körilgan.
Raqamlar bir jihatni körsatadi: murojaatlar soni katta, ularning asosiy qismi böyiça huquqiy tuşuntiriş yoki amaliy yeçim berilmoqda. Endi eng muhimi — qabullarda bildirilgan muammolarning qançasi amalda, fuqaro kutgan natija bilan yakunlanayotgani.