Tört oyda tadbirkorlar Soliq qömitasiga 375 milliard sömlik nizolar böyiça 82 ta şikoyat yölladi
31-05-2026, 08:51
77 марта
Tört oyda tadbirkorlar Soliq qömitasiga 375 milliard sömlik nizolar böyiça 82 ta şikoyat yölladi2026 yilning yanvar–aprel oylarida tadbirkorlar Özbekiston Respublikasi Soliq qömitasiga jami 82 ta şikoyat bilan murojaat qilgan. Qömita malumotiga köra, uşbu murojaatlar 375,1 milliard sömlik soliq nizolarini qamrab oladi.
Şikoyatlarning asosiy qismi soliq auditi natijalari bilan boğliq bölgan. Xususan, 294,4 milliard sömlik 59 ta murojaatda tadbirkorlar soliq auditi yakunlaridan norozilik bildirgan.
Şuningdek, 80,7 milliard sömlik 23 ta şikoyat sayyor soliq tekşiruvlari natijalari yuzasidan yuborilgan.
Qömita kelib tuşgan murojaatlarni körib çiqiş natijasida, 342,2 milliard sömlik 71 ta holat böyiça soliq organlari qarorlarini öz kuçida qoldirgan.
Faqat törtta murojaatda tadbirkorlarning vajlari qisman inobatga olingan bölib, ular 600 million sömlik soliq tölovlariga oid nizolarni qamrab olgan.
Ayni paytda 32,3 milliard sömlik yettita murojaat böyiça örganiş işlari davom etmoqda.
Tahlillarga köra, şikoyatlar soni oşgan bölsa-da, nizolar summasi kamaygan. Taqqoslaş uçun, 2025 yilning şu davrida Soliq qömitasiga 703,7 milliard sömlik 66 ta soliq nizosi böyiça şikoyat kelib tuşgan edi. Öşanda ham tadbirkorlar foydasiga faqat ikkita murojaat qanoatlantirilgan bölib, ularning umumiy qiymati 19,9 milliard sömni taşkil etgan.
Soliq nizolari böyiça tadbirkorlar va soliq organlari örtasidagi bahslar hajmi yuqoriligiça qolmoqda, biroq murojaatlarning aksariyatida qömita quyi soliq organlari qarorlarini özgarişsiz qoldiryapti.