Xivada «Yangi Özbekiston muşoirasi» ötkazildi
17-09-2026, 21:49
84 марта
Xivada «Yangi Özbekiston muşoirasi» ötkazildiXiva şahrida şeriyat va adabiyot ixlosmandlarini bir joyga jamlagan «Yangi Özbekiston muşoirasi» nomli adabiy anjuman bölib ötdi.
Muşoirada Özbekistonning turli hududlaridan taşrif buyurgan taniqli şoir va ijodkorlar iştirok etdi.
Takidlanişiça, mazkur muşoirani Xivada ötkaziş taşabbusi Prezident Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 17–18 avgust kunlari Xorazm viloyatiga taşrifi çoğida bildirilgan edi. Bugun uşbu taşabbus qadimiy Xiva muhitida amaliy ifodasini topdi.
Tarix va şeriyat, manaviyat va sanat uyğunlaşgan Xivada yangragan şeriy misralarda Yangi Özbekistonning bugungi ruhi, xalqimizning orzu-intilişlari, Vatanga muhabbat va kelajakka işonç mavzulari tarannum etildi.
Muşoira turli avlod va turli hudud vakillarini bir maqsad — adabiyot va şeriyat atrofida birlaştirgan katta ijodiy muloqot maydoniga aylandi.
Xivaning qadimiy köçalari va betakror muhitida ötkazilgan mazkur adabiy tadbir iştirokçilar va mehmonlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.







