XIVADA XALQARO GASTRONOMIK FESTIVAL BOŞLANDI
19-09-2026, 17:09
108 марта
XIVADA XALQARO GASTRONOMIK FESTIVAL BOŞLANDIBugun, 19 sentyabr kuni Xiva şahridagi «Arda Xiva» turizm majmuasida II xalqaro «Xorazm xonlari milliy taomlari» gastronomik festivalining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Festivalda Xorazmning qadimiy va milliy taomlari keng namoyiş etilmoqda. Xususan, gumma, íjjon, tuxum barak, şivit oşi, kök barak, qovoq barak, Xorazm palovi kabi ananaviy taomlar mehmonlarga taqdim qilinmoqda.
Tadbir doirasida gastronomik körgazmalar, milliy taomlar degustatsiyasi, oşpazlar iştirokida mahorat darslari va turli madaniy tadbirlar taşkil etilmoqda.
Festivalning umumiy sovrin jamğarmasi 120 million sömni taşkil etadi.
Ikki kun davomida ötkaziladigan festival Xiva şahrida milliy taomlar, tarix va madaniyatni birlaştirgan yirik gastronomik tadbir sifatida davom etadi.
Manzil: «Arda Xiva» turizm majmuasi
Sana: 19–20 sentyabr







