Oqmaktab mahallasida elektr muammosi hal etilmoqda: 150 dan ortiq xonadon uçun yangilik
26-09-2026, 09:40
34 марта
Oqmaktab mahallasida elektr muammosi hal etilmoqda: 150 dan ortiq xonadon uçun yangilikUrganç tumanida aholi murojaati ortidan elektr tarmoqlari yangilanmoqda. 250 kVAlik yangi transformator örnatiladi, yuzlab metr elektr tarmoqlari yangidan quriladi.
Urganç tumanidagi «Oqmaktab» mahallasi aholisining elektr taminoti bilan boğliq murojaatlari etiborsiz qolmadi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali malumotiga köra, mahallada elektr taminotini yaxşilaş maqsadida keng kölamli işlar boşlangan.
Xususan:
— quvvati 250 kVA bölgan yangi transformator punkti örnatiladi;
— 31 dona temir-beton tayanç tiklanadi;
— 600 metr 10 kVli elektr uzatiş tarmoği yangidan quriladi;
— transformatordan çiquvçi 400 metr 0,4 kVli elektr tarmoği tortiladi.
Bu işlar yakuniga yetgaç, mahalladagi 150 dan ortiq xonadonning elektr taminoti yaxşilanişi kutilmoqda.
Şuningdek, hududda yangi qurilayotgan xonadonlarni ham barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan taminlaş uçun imkoniyat yaratiladi.
Etiborli jihati, mazkur işlar aholi murojaatlari asosida amalga oşirilmoqda.
Aholi murojaati — qoğozda qolib ketmasdan, amaldagi işlarga aylansa, natijasi ham körinadi. Oqmaktab mahallasidagi bu kabi infratuzilma yangilanişi esa xonadonlarning elektr taminoti barqarorligiga xizmat qilişi kutilmoqda.
Murojaat qilindi — örganildi — muammoni hal etiş uçun iş boşlandi.






