Endi öqişni sirtqidan kunduzgiga muammosiz köçirsa böladi, OTM xodimlariga 400 foizgaça ustama tayinlanadi
14-06-2025, 17:31
121 марта
Endi öqişni sirtqidan kunduzgiga muammosiz köçirsa böladi, OTM xodimlariga 400 foizgaça ustama tayinlanadiBugunga qadar sirtqi (maxsus sirtqi) talimdan kunduzgi talimga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) talimning bir talim sohasidan ikkinçi talim sohasiga fuqaroning öqişini köçiriş va qayta tiklaş haqidagi arizasiga rad javobi berilişiga asos bölardi. Endi şu xatboşini çiqarib taşlaşdi.
Doktorant va izlanuvçilarni öqişdan qayta tiklanmaydigan qilib çetlatiş tartibi belgilandi.
Oliy talim muassasalari boşqaruv, texnik, xizmat körsatuvçi va öquv-yordamçi xodimlarining mehnatiga haq tölaş razryadlari yangilandi.
Oliy talim muassasasi professor-öqituvçilaridan boşqa toifadagi xodimlariga 400 foizgaça ustama belgilaş mumkinligi haqida qaror qilindi.
Şuningdek, aholi punktlarida yengil turdagi obektlarni (savdo palatalari, dökonlar, reklama binolari va boşqalar) quriş maqsadida yer beriş tartibiga özgariş kiritildi.
Bolalar musiqa va sanat maktabi direktori va örinbosarlariga beriladigan tatil kunlari kamaytirildi. Boşqa xodimlariga beriladigan mehnat tatili kunlari esa deyarli özgarişsiz qolgan.