Xorazmning eng yaxşi yoş qutqaruvçilari aniqlandi: ğoliblik qaysi tumanga nasib etdi?
3-10-2026, 08:03
163 марта
Xorazmning eng yaxşi yoş qutqaruvçilari aniqlandi: ğoliblik qaysi tumanga nasib etdi?Xorazmda «Volontyor-qutqaruvçi» musobaqasining viloyat bosqiçi bölib ötdi. Bellaşuvdan közlangan asosiy maqsad – yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularda fuqaro muhofazasi va yonğin xavfsizligiga oid bilim, malaka hamda amaliy könikmalarni şakllantirişdan iborat.
Musobaqada viloyatning şahar va tumanlarida taşkil etilgan «Favqulodda vaziyatlar volontyori» jamoalari iştirok etdi. Yoş volontyorlar nafaqat nazariy bilimlari, balki jismoniy tayyorgarligi va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qila oliş mahoratini ham sinovdan ötkazdi.
Iştirokçilar beş şart böyiça kuç sinaşdi:
– «Savol-javob»;
– «Birinçi tibbiy yordam körsatiş»;
– «Dor yöli va çodir tikiş»;
– «Krossfit»;
– «Estafeta».
Qizğin ötgan bellaşuvlar yakuniga köra, ğoliblik şohsupasidan quyidagi jamoalar joy oldi:
1-örin – Boğot tumani jamoasi;
2-örin – Gurlan tumani jamoasi;
3-örin – Şovot tumani jamoasi.
Musobaqa yakunida ğolib va sovrindor jamoalar diplom hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.
Taşkilotçilar barça iştirokçilarni munosib iştiroki bilan tabrikladi.






