Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

MrBeast jamoasi Xivada: bloger şaxsan kelmadi, suratga oliş işlari esa davom etmoqda

397 марта
MrBeast jamoasi Xivada: bloger şaxsan kelmadi, suratga oliş işlari esa davom etmoqda

Dunyoning eng maşhur YouTube blogerlaridan biri MrBeast (Jimmi Donaldson) jamoasi Xorazmga yetib keldi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardan farqli ravişda, Xivaga blogerning özi emas, balki uning suratga oliş guruhi va yordamçilari kelgan. Ular qadimiy şaharning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylarida suratga oliş işlarini olib bormoqda.

Nega MrBeast Xivaga kelmadi?

Maʼlumotlarga köra, 11-oktyabr kuni blogerning Buxoro va Xivaga şaxsiy taşrifi bekor qilindi. Bunga Samarqanddagi vaziyat sabab bölgan: blogerni köriş uçun köçalarga çiqqan bolalar va ösmirlar avtomobillar ortidan yugurib, tirbandlik va olomon hosil qilgan. Şundan söng tor köçalar, tarixiy yodgorliklar atrofida va piyodalar harakatida jamoat tartibini saqlaş maqsadida bloger jamoasi aholi bilan bevosita uçraşuvlardan voz keçgan.

Buxoro viloyati IIB masʼul xodimi Uluğbek Şukurullayev maxsus video murojaatida MrBeast Buxoroga şaxsan kelmaganini, şaharga faqat uning jamoasi va transport vositalari yetib kelib, tarixiy obidalarda suratga oliş olib borayotganini taʼkidladi. Fuqarolar asossiz xabarlarni tarqatmaslik, sunʼiy ajiotaj yaratmaslik hamda Ark qalʼasi va boşqa tarixiy joylar atrofida töplanmaslikka çaqirildi. Xuddi şu tartib Xivaga ham taalluqli.

Samarqandda nima böldi?

MrBeast 9-oktyabr kuni Toşkentga kelib, muxlislari bilan uçraşgan edi. Aynan şu uçraşuvda jamoa vakillari 10-oktyabrdan boşlab Samarqand, Buxoro va Xivaga borişni rejalaştirganini maʼlum qilgan. Xavfsizlik va suratga oliş jarayonining maxfiyligini taʼminlaş maqsadida aniq jadval oşkor etilmagan.

Samarqandga esa blogerning özi borgan. Uni körgani kelganlar şunçalik köp bölganki, olomon orasidan ötişning özi qiyin keçgan.

Taşrif qanday taşkil etilgan?

Turizm qömitasi 6-oktyabr kuni MrBeast Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi taklifi bilan mamlakatga taşrif buyurişini eʼlon qilgan edi. Bu blogerning Markaziy Osiyoga ilk safari bölib, uning kanallari jami 500 milliondan ortiq obunaçiga ega.

Rasmiylar taşrifni Özbekistonning turistik va madaniy salohiyatini xalqaro auditoriyaga namoyiş etiş uçun muhim imkoniyat sifatida baholamoqda. Xiva kabi qadimiy şaharlar tasvirga tuşirilgan video yarim milliarddan ortiq obunaçiga ega auditoriyaga yetib borsa, voha turizmiga bölgan qiziqiş yanada ortişi kutilmoqda. Video qaçon eʼlon qilinişi hozirça nomaʼlum.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: