USD: 11,821 so'm ▲ EUR: 13,419 so'm ▼ RUB: 140 so'm ▲ GBP: 15,658 so'm ▼ CNY: 1,763 so'm ▲ KZT: 27 so'm ▲ TRY: 241 so'm ▲ AED: 3,219 so'm ▲ USD: 11,821 so'm ▲ EUR: 13,419 so'm ▼ RUB: 140 so'm ▲ GBP: 15,658 so'm ▼ CNY: 1,763 so'm ▲ KZT: 27 so'm ▲ TRY: 241 so'm ▲ AED: 3,219 so'm ▲

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

O‘zbekiston terma jamoasi Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkinmi?

101 марта
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston terma jamoasi 10-oktyabr kuni Braziliya terma jamoasi bilan o‘ynashi mumkinligi borasida xabarlar tarqaldi. Wikipedia’da qayd etilishicha, Temur Kapadze jamoasi Yaponiyaning Saytama shahrida “pentakameonlar”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Ular ushbu ma’lumot haqiqatdan yiroq ekanligi, shuningdek, agar O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritisa, kuzda bo‘ladigan FIFA kunlarida kuchliroq terma jamoalarga qarshi uchrashuvlar tashkil qilinishi mumkinligi, ammo Braziliya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi borasida hech qanday ma’lumot yo‘qligi aytildi. 

Foto: Ekran tasviri
Foto: Ekran tasviri

Ta’kidlash kerakki, Wikipedia’da Braziliya terma jamoasi oktyabr oyida Yaponiyada ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi belgilangan. Ulardan biri kunchiqar yurt vakillariga qarshi o‘tkaziladi. Mazkur bahs 14-oktyabrga belgilangan. Ammo “pentakampeonlar” 10-oktyabrda qaysi jamoaga qarshi maydonga tushishi qayd etilmagan. 
Foto: Ekran tasviri
Foto: Ekran tasviri

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 5-iyun kuni Jahon chempionati saralashi doirasidagi BAAga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi. Shuningdek, 10-iyun kuni Toshkentda Qatarni qabul qiladi. Temur Kapadze jamoasi mazkur bahslarda o‘ziga kerakli ochkolarni qo‘lga kirita olsa, mundial masalasini hal qiladi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hozirda A guruhida 17 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Ularning eng yaqin ta’qibchisi BAA hisobida 13 ochko mavjud.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: