USD: 11,821 so'm ▲ EUR: 13,419 so'm ▼ RUB: 140 so'm ▲ GBP: 15,658 so'm ▼ CNY: 1,763 so'm ▲ KZT: 27 so'm ▲ TRY: 241 so'm ▲ AED: 3,219 so'm ▲ USD: 11,821 so'm ▲ EUR: 13,419 so'm ▼ RUB: 140 so'm ▲ GBP: 15,658 so'm ▼ CNY: 1,763 so'm ▲ KZT: 27 so'm ▲ TRY: 241 so'm ▲ AED: 3,219 so'm ▲

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Krishtianu Ronaldu “An-Nassr”dan ketishiga ishora qildi

101 марта

“An-Nassr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro Ligasi 34-turi doirasidagi “Al-Fateh”ga qarshi bahsda (2:3) jamoasi mag‘lub bo‘lgach, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida izoh qoldirdi.

Foto: FC Al-Nassr

Ko‘plab nashrlar Ronaldu bu orqali Riyod klubidan ketishiga ishora qilganini taxmin qilmoqda:


Yana bir bob yakunlandi. Tarix esa hali yozilmoqda. Barchaga minnatdorchilik bildiraman, deb izoh qoldirdi Ronaldu X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.


Ma’lumot uchun, “An-Nassr” Saudiya Arabistoni chempionatini 70 ochko bilan uchinchi o‘rinda yakunladi. Ular chempion bo‘lgan “Al-Ittihod”dan 13 ochkoga ortda qoldi.

Ronaldu esa mavsum davomida 25 ta gol urib, turnirning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Avvalroq OAVda Krishtianu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, unga turli qit’alardan beshta klub qiziqish bildirayotgani aytildi.




Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: