USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Hindiston Yaponiyani ortda qoldirib, dunyoda törtinçi yirik iqtisodiyotiga aylandi

159 марта
Hindiston rasman dunyodagi törtinçi eng yirik iqtisodiyotiga aylandi. Bu haqda mamlakatning boş iqtisodiy tahlil organi — NITI Aayog rahbari B.V.R. Subramanyam ma’lum qildi. Uning ta’kidlaşiça, Hindiston Yaponiyani ortda qoldirib, 4 trln dollarlik yalpi içki mahsulot hajmiga erişgan.

Subramanyam Xalqaro valyuta jamğarmasining sönggi hisobotini keltirib, Hindiston 2024 yilda beşinçi örinda bölganini, 2025 yilga kelib esa Yaponiyadan ötib ketganini qayd etdi. Endi mamlakatdan faqat AQŞ, Xitoy va Germaniya katta iqtisodga ega.

Uning sözlariga köra, Hindiston yaqin 2,5–3 yilda dunyodagi uçinçi yirik iqtisodga aylanişni maqsad qilgan. Buning uçun rejalaştirilgan iqtisodiy islohotlar va xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş asos böladi.

Xalqaro valyuta fondining 2025 yilgi baholaşiga köra, Hindistonning yalpi içki mahsuloti 4,19 trln dollarga yetadi. Bu Yaponiyaning şu yilgi kutilgan 4,18 trln dollarlik körsatkiçidan biroz yuqori. Şu bilan birga, Hindiston iqtisodi 2025–2026 yillarda 6,2 foizga ösişi kutilmoqda. Bu avvalgi 6,5 foizlik prognozdan kamroq bölsa-da, iqtisodiy barqarorlik saqlanişi ta’kidlanmoqda.

Ayni payida dunyoning uçinçi iqtisodiyoti bölib turgan Germaniyaning esa ösiş sur’ati yiliga 0,3 foizga teng. Binobarin, Hindiston 2027-2028 yillarga borib, Germaniyani quvib ötişi pronoz qilinmoqda.
Subramanyam Hindistonning umumiy geosiyosiy va iqtisodiy muhiti bu ösişga imkon yaratayotganini ta’kidladi. Şuningdek, u 2014 yildan buyon aholi jon boşiga töğri keladigan daromad ikki baravar oşganini qayd etdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: