Qöşköpirda suyultirilgan gaz uyma-uy yetkazilmoqda
28-10-2026, 11:12
14 марта
Qöşköpirda suyultirilgan gaz uyma-uy yetkazilmoqdaQöşköpir tumanida aholini suyultirilgan gaz bilan ta'minlaş işlari davom etmoqda. "Hududgazta'minot" aksiyadorlik jamiyatining maxsus avtomobillari mahalla köçalari böylab yurib, gaz ballonlarini bevosita xonadonlar yonigaça yetkazib bermoqda.
Suratlarda aks etganidek, gaz tarqatuvçi xodimlar aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ballonlarni joyida almaştirib bermoqda. Hisob-kitob ham şu yerning özida amalga oşirilmoqda. Avtomobilda körsatilgan narxga köra, suyultirilgan gazning 1 kilogrammi 2 000 söm.
Gaz taşuvçi transport vositalari xavfli yuk belgilari bilan jihozlangan va UZGPS tizimi orqali kuzatib boriladi. Bu yetkazib beriş jarayonining xavfsizligi hamda nazoratini ta'minlaşga xizmat qiladi.
Kuz-qiş mavsumi yaqinlaşgan bir paytda tabiiy gaz tarmoğiga ulanmagan yoki gaz bosimi past bölgan hududlar aholisi uçun suyultirilgan gaz muhim ehtiyoj hisoblanadi. Uyma-uy yetkazib beriş esa odamlarni navbat kutiş va ballonni uzoq masofaga taşiş taşvişidan xalos qiladi.


