Şovotda gaz ballonlari Face-ID orqali yetkazib berilmoqda
5-11-2026, 22:45
61 марта
Şovotda gaz ballonlari Face-ID orqali yetkazib berilmoqdaŞovot tumanida suyultirilgan gaz ballonlarini xonadonlarga yetkazib beriş jarayoniga Face-ID (yuzni taniş) tizimi joriy etildi. Bu haqda "Hududgaz Xorazm" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lumotlarga köra, ayni paytda tumandagi 27 ta mahallada istiqomat qiluvçi 12 ming 787 ta xonadon hamda 5 ta ijtimoiy soha obyekti suyultirilgan gazdan foydalanmoqda. Ballonlarni manzillarga yetkaziş uçun maxsus jihozlangan 3 ta "ISUZU" avtomobili xizmat körsatmoqda.
Yangi tizim "Katqal'a" mahallasida qöllanilmoqda. Bu yerdagi 510 ta iste'molçi xonadonga gaz ballonlari aylanma usulda yetkazilmoqda. Gaz ta'minoti xodimlari har bir xonadonga borganda ballondagi gaz miqdorini maxsus nazorat tarozisida ölçab beradi, jarayon esa Face-ID orqali qayd etiladi.
Tizim qanday işlaydi?
Xonadon egasi ballonni qabul qilib olayotganda maxsus planşet orqali uning yuz qiyofasi tizimga kiritiladi. Natijada:
— har bir ballon öz egasiga yetib borgani aniq tasdiqlanadi;
— inson omili, ortiqça qoğozbozlik va tuşunmovçiliklarga barham beriladi;
— qaysi xonadon qaçon va qança hajmda gaz olgani soniyalar içida markaziy bazaga kiritiladi.
Raqamlarga murojaat qilsak, joriy yilning ötgan davrida birgina "Katqal'a" mahallasi iste'molçilariga jami 62 ming 200 kilogramm suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.
Filial ta'kidlaşiça, raqamlaştiriş va Face-ID kabi zamonaviy yeçimlar fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qiliş, adolatli va uzluksiz energiya ta'minotini kafolatlaşga xizmat qilmoqda.
Manba: "Hududgaz Xorazm" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

