Xivalik Diyorbek Otajonov Saudiya Arabistonida ötgan şapaloqlar musobaqasida ğalaba qozondi
7-11-2026, 13:09
128 марта
Xivalik Diyorbek Otajonov Saudiya Arabistonida ötgan şapaloqlar musobaqasida ğalaba qozondiHamyurtimiz, Xiva şahridan bölgan sportçi Diyorbek “Scorpion” Otajonov Dana Uayt asos solgan Power Slap ligasining navbatdagi turniri — Power Slap 26 da ğalaba qozondi.
Musobaqa 6-noyabr kuni Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyod şahridagi “The Venue” majmuasida “Riyod mavsumi” (Riyadh Season) doirasida bölib ötdi.
Yarim oğir vazn toifasida reytingda 7-örinda turgan Diyorbek asosiy kartada amerikalik Ke’ali’i “The Çief” Kanekoa bilan bellaşdi va raqibini nokaut bilan mağlub etdi. Taşlangan tanga natijasiga köra birinçi bölib zarba beriş huquqi Kanekoaga tegan edi. Şunga qaramay, hamyurtimiz raqib zarbalariga bardoş berib, öz navbatida aniq zarba bilan bellaşuvni muddatidan oldin yakunladi.
Eslatib ötamiz, Diyorbek Otajonov Power Slap ligasida iştirok etgan ilk özbekistonlik sportçi hisoblanadi. U 2025-yil oktyabr oyida BAAda bölib ötgan Power Slap 16 turnirida debyut qilgan va amerikalik Koltin Koulni texnik nokaut bilan yenggan edi. Sportçi avval MMA, jiu-jitsu va kuraş bilan şuğullangan.
Turnirning boş jangida esa amerikalik Logan Grinxalg vatandoşi Lyuk Simondsni nokautga uçratib, yarim oğir vazn toifasidagi çempionlik kamarini qölga kiritdi.
“Xorazm Bugun” hamyurtimizni ğalaba bilan tabriklaydi va yangi zafarlar tilaydi!
Manba: powerslap.com, Saudiya Arabistoni axborot agentligi (SPA)
#XorazmBugun #Xiva #PowerSlap #Şapaloq #DiyorbekOtajonov #Sport