Xorazmda 1 milliard sömdan ortiq qarz undirildi — MIB qidiruv tadbirlari davom etmoqda
27-06-2025, 12:07
327 марта

Xorazmda 1 milliard sömdan ortiq qarz undirildi — MIB qidiruv tadbirlari davom etmoqda
Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boşqarmasi qidiruv bölimi tomonidan qarzdor şaxslar va ularning mol-mulklarini aniqlaş maqsadida butun mamlakat böylab tezkor qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Tahlillarga köra, joriy yilning ötgan davrida 94 nafar qarzdor jismoniy şaxs qidiruv orqali topilib, ulardan jami 1 milliard sömdan ortiq mablağ undirilgan.
Hozirda yana 194 nafar qarzdor şaxsni topiş işlari davom etmoqda. Ularning 72 nafari Özbekiston hududida turli joylarda yaşirinib yurgani, 122 nafari esa xorijiy mamlakatlarga çiqib ketgani aniqlangan.
Qidiruvdan olib kelingan holatdan misol:
Hazorasp tumanida yaşovçi fuqaro A.K. uzoq vaqt mobaynida aliment tölovlarini amalga oşirmasdan, doimiy ravişda yaşaş manzilini özgartirib kelgan. Qidiruv elon qilingaç, u Toşkent şahrining Mirobod tumanidan topilib, qaytarib olib kelingan. Sud qarori bilan qarzdorga voyaga yetmagan farzandini moddiy taminot bilan taminlamagani uçun 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Byuro tomonidan bunday tadbirlar qarzdorlik madaniyatini şakllantiriş, ijtimoiy adolatni taminlaş va qonun ustuvorligini mustahkamlaşga xizmat qilişi takidlanmoqda.
MIB barça fuqarolarni sud qarorlari va ijro hujjatlarini vaqtida bajarişga, öz majburiyatlariga masuliyat bilan yondaşişga çaqirmoqda.