Boğot, Tuproqqala, Xiva, Urganç, Yangibozor tumanlarida ziplayn va kanatli park quriladi.
29-06-2025, 18:17
499 марта
Boğot, Tuproqqala, Xiva, Urganç, Yangibozor tumanlarida ziplayn va kanatli park quriladi.Özbekistonda tadbirkorlik subektlarining toğli va çöl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini taşkil qiliş xarajatlarining bir qismini qoplab beriladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan uning tartibi töğrisidagi vaqtinçalik nizom tasdiqladi. Uşbu nizom 2025-yil 1-iyuldan boşlab 2027-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Unga köra:
toğli va çöl hududlarda umumiy masofasi 200 metrdan kam bölmagan ziplayn ekstremal turizm majmuasini taşkil qiliş xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun 100 million söm;
toğli va çöl hududlarda 150 kv metrdan kam bölmagan kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini taşkil qiliş xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun 80 million söm miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi;
Ziplayn xizmatlari — pölat arqonning ikki uçi maxsus ustunlarga qotirib mahkamlangan attratsionda pölat arqon böylab yerdan kötarilgan holda tortişiş kuçi tasirida havo orqali maxsus moslama yordamida tuşiş böyiça ekstremal turizm xizmatlari;
Kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi — yer sathidan malum masofa balandlikda arqonlar yordamida mahkamlangan attratsionlardan taşkil topgan, turli darajadagi qiyinçilikdagi vazifalarni bajariş uçun möljallangan sport va sayyohlik majmuasi;
Toğli va çöl hududlarda ziplayn hamda kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini taşkil qilgan tadbirkorlik subektlariga ajratiladigan subsidiya Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi huzuridagi Turizm qömitasining Turizmni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.
Subsidiya ziplayn va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmualari töliq foydalanişga topşirilgandan keyin ajratiladi. Subsidiya oliş uçun taqdim etilgan malumotlar va hujjatlarning haqqoniyligiga tadbirkorlik subekti masul hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilanişiça, quyidagi tuman va şaharlar toğli va çöl hududlaridaziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi taşkil qilinişi rejalaştirilgan:
Qoraqalpoğiston Respublikasi — Amudaryo, Möynoq, Taxtaköpir, Ellikqala tumanlari;
Andijon viloyati — Xöjaobod tumani, Xonobod şahri;
Buxoro viloyati — Kogon, Ğijduvon, Romitan tumanlari;
Jizzax viloyati — Arnasoy, Baxmal, Zomin, Foriş tumanlari;
Qaşqadaryo viloyati — Kitob, Şahrisabz tumanlari;
Navoiy viloyati — Konimex, Nurota, Xatirçi tumanlari;
Namangan viloyati — Kosonsoy, Pop, Çortoq, Çust tumanlari;
Samarqand viloyati — Samarqand, Urgut tumanlari;
Surxondaryo viloyati — Boysun, Sariosiyo tumanlari;
Sirdaryo viloyati — Sayxunobod tumani;
Toşkent viloyati — Angren şahri, Böstonlik, Ohangaron, Parkent tumanlari;
Farğona viloyati — Söx, Farğona tumanlari;
Xorazm viloyati — Boğot, Tuproqqala, Xiva, Urganç, Yangibozor tumanlari.