Xorazm “Töylarida yaşirin öğirlik: Xonanda sahnada yöq, qöşiği esa DJ qölida!”
3-07-2025, 23:58
1 001 марта
Xorazm “Töylarida yaşirin öğirlik: Xonanda sahnada yöq, qöşiği esa DJ qölida!”Xorazm töylarida yangi muammo — DJ xizmati ortidan sanatkorlar noroziligi
Xorazmda töy va tantanalarda DJxizmati yildan-yilga ommalaşib bormoqda. Raqqosalar, jonli ovoz örnini DJlar arzon va qulay musiqa bilan töldirib bermoqda. Biroq aynan şu qulaylik katta muammoga ham sabab böldi — xonandalar mehnati yaşirinça öğirlanmoqda!
Bugun köplab maşhur xonandalar öz qöşiqlarining DJlar tomonidan ruxsatsiz işlatilişidan norozilik bildirib, oçiq etiroz qilmoqda. Çunki sanatkor sahnada yöq, lekin uning qöşiği töyda “jonli ijro” sifatida çalinyapti.
Sanatkorlar nega ğazabda?
Qöşiq — oddiy fayl emas. Unga studiyada oylar davomida mehnat qilinadi, aranjirovka, ovoz yoziş, klip oliş, reklama qiliş — barçasi mablağ va ijodiy mehnat talab qiladi. Ammo ayrim DJlar bu mehnatni qadrlamayapti: internetdan yuklab oladi, remiks qiladi yoki fonogrammani buzib, töyda yangraydi.
Maşhur xonandalar bu holatni mehnatni öğirlaş deb atamoqda. Bazilar allaqaçon sudga murojaat qilişga tayyorlanmoqda.
Qonun nima deydi?
Özbekiston Respublikasining “Mualliflik va turdoş huquqlar töğrisida”gi qonuniga köra, har qanday qöşiq yoki musiqani jamoat oldida ruxsatsiz ijro etiş, tarqatiş yoki özgartiriş qatiyan taqiqlanadi. Bu iş muallifning yozma roziligisiz amalga oşirilsa, mamuriy yoki jinoiy javobgarlik kelib çiqadi.
Demak, “men faqat töyda raqs qildirayapman” degan DJ ham qonun oldida javob berişi mumkin.
DJ larga eslatma va maslahat
🔹 Har bir qöşiq uçun ijro huquqini rasmiylaştiring.
🔹 Qöşiq egasi bilan aloqaga çiqing, ruxsatnoma oling.
🔹 Arzon va sifatsiz versiyalar örniga original fonogramma işlating.
🔹 Mehnatga hurmat — sizning obröyingizning asosiy kafolati!