URGANÇDA SODIR BÖLGAN MUDHIŞ HODISA BÖYIÇA TEZKOR XABAR
9-07-2025, 23:54
35 412 марта
URGANÇDA SODIR BÖLGAN MUDHIŞ HODISA BÖYIÇA TEZKOR XABARSönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Urganç şahrida ikki nafar qizning tomdan tuşib ketişiga oid videolar tarqalmoqda. Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Hozirda huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Rasmiy malumotlarga köra, uşbu holat böyiça tekşiruv işlari davom etmoqda. Şu munosabat bilan barça fuqarolardan turli tasdiqlanmagan xabarlar va videolarni tarqatmaslik, faqat rasmiy manbalarga tayaniş söralmoqda.
Eslatib ötamiz, bunday holatlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiş amaldagi qonunçilikka zid hisoblanadi.
QONUNÇILIKDA NIMA DEYILGAN?
Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 40-1-moddasida şaxsning şaxsiy hayotiga aralaşiş, uning ruxsatisiz fotosurat va videotasvirlarni tarqatiş taqiqlanadi hamda bu uçun mamuriy javobgarlik belgilangan.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141-1-moddasiga köra, şaxsiy yoki oilaviy sirni uning roziligisiz oşkor qiliş jinoiy javobgarlikka sabab böladi.
“Axborotlaştiriş töğrisida”gi Qonunning talablariga köra, Internet tarmoğida tarqatilayotgan malumotlar haqiqatga mos, aniq va tekşirilgan bölişi şart.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlardan rasmiy axborot olingaç, saytimiz orqali keng jamoatçilikka qöşimça malumot taqdim etiladi.
Barça fuqarolardan huşyorlik va masuliyatlilik talab etiladi — noaniq va yolğon malumotlarni tarqatiş orqali jinoiy yoki mamuriy javobgarlikka tortilişi mumkinligini unutmang.
Rasmiy malumotlarni biz bilan kuzatib boring!