Xorazm IIBda korruptsiyaga qarşi kuraşiş masalasi muhokama qilindi
11-07-2025, 12:24
409 марта

Xorazm IIBda korruptsiyaga qarşi kuraşiş masalasi muhokama qilindi
Joriy yilning 11 iyul kuni Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği huzurida navbatdagi tezkor yiğiliş bölib ötdi. Yiğilişda boşqarma boşliğining örinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari va boşqarma şaxsiy tarkibi töliq iştirok etdi. Şuningdek, Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi (YHXB), Jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi (JTSB) hamda hududiy içki işlar organlarining barça xodimlari videokonferents aloqa orqali yiğilişga ulanişdi.
Yiğiliş kun tartibidagi asosiy masala — içki işlar organlarida xizmat intizomiga qatiy rioya qiliş va qonun ustuvorligini taminlaş, şuningdek, korruptsiya holatlariga yöl qöymaslik masalasi böldi.
Viloyat IIB boşliği yiğilişda Prezident tomonidan joriy yilning 5 mart kuni ötkazilgan Korruptsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi yiğilişida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning Xorazm viloyatida ham sözsiz ijro etilişi zarurligini alohida takidladi. Şu maqsadda içki işlar organlarida sohaga xos barça jarayonlarda korruptsiyadan xoli muhitni taminlaş böyiça manzilli va maqsadli işlar amalga oşirilayotgani malum qilindi.
Yoş kadrlarga «ustoz-şogird» tizimi
Yoş xodimlarning xizmatdagi saviyasi va masuliyatini oşiriş maqsadida «ustoz-şogird» ananasini rivojlantiriş masalasi ham yiğilişda kötarildi. Malaka va tajribaga ega xodimlar yoş kadrlarga biriktirilib, ularning xizmat faoliyatida maslahatçi va kömakçi sifatida harakat qilişi yuzasidan körsatmalar berildi.
Korruptsiya holatlari tahlili
Yiğilişda IIV Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasining Xorazm viloyati böyiça hududiy bölimi masul xodimi sönggi kunlarda respublika böylab qayd etilgan turli korruptsiyaviy jinoyatlar, ularning kelib çiqişiga sabab bölayotgan omillar hamda oqibatlari haqida batafsil malumot berdi.
Şu orqali içki işlar organlarida xizmat intizomini yanada mustahkamlaş va fuqarolar işonçini oşiriş yönalişida tizimli çora-tadbirlar taqdim etildi.
Yiğiliş yakunida muhokama etilgan masalalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi hamda masullarga aniq vazifalar yuklatildi.



