Şovotda beş yillik 141 mln söm aliment pullari bir yöla tölab berildi
7-08-2025, 12:04
207 марта
Şovotda beş yillik 141 mln söm aliment pullari bir yöla tölab berildi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-son Qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan tölaş, şuningdek, aliment tölaş majburiyatini taminlaş böyiça garov şartnomasini tuziş tartibi töğrisida”gi Nizomning 9-bandida alimentlarni beş yildan kam bölmagan muddat uçun oldindan tölaş mumkinligi körsatilgan.
Qonunçilikdagi mazkur tartib Byuroning Şovot tumani bölimi xodimlari tomonidan ham aliment tölovçi fuqarolarga muntazam tuşuntirib borilmoqda.
Natijada, şovotlik fuqaro ixtiyoriy ravişda farzandi uçun 5 yillik aliment pullarini tölab berdi.
Xususan, fuqarolik işlari böyiça Şovot tumanlararo sudining 18.01.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Ğ.Q.dan undiruvçi M.J. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy taminoti uçun aliment undiriş belgilangan.
Davlat ijroçisining tuşuntiriş işlari natijasida qarzdor Ğ.Q. bir nafar farzandining moddiy taminoti uçun 2025 yil iyul oyidan 2030 yil iyul oyiga qadar hisoblangan 141.891.537 söm aliment pullarini tölab berdi.