“UzAuto Motors” Xorazm filiali “Damas”ni tibbiyot markaziga sovğa qildi
12-08-2025, 06:21
750 марта
“UzAuto Motors” Xorazm filiali “Damas”ni tibbiyot markaziga sovğa qildiXorazm viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi yangi xizmat avtomobilga ega böldi. “UzAuto Motors” aktsiyadorlik jamiyati Xorazm filiali tomonidan markazga “Damas” avtomobili tantanali ravişda topşirildi.
Marosimda viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Köpalboy Tangriberdiyev hamda “UzAuto Motors” AJ Xorazm filiali direktori Sobirjon Jumaniyozov iştirok etib, sözga çiqdilar. Ular mamlakatimizda inson salomatligini muhofaza qiliş va tibbiyot sohasini rivojlantiriş yönalişida amalga oşirilayotgan islohotlarning ahamiyatini takidlab ötdilar.
Malumki, joriy yil 8–10 avgust kunlari ötkazilgan ananaviy “Qovun sayli” festivalida “UzAuto Motors” AJ Xorazm filiali ikkinçi örinni egallab, “Damas” avtomobili bilan taqdirlangan edi. Filial jamoasi esa uşbu yutuqni ezgu maqsadga yönaltirib, avtomobilni tibbiyot markaziga sovğa qilişni maqul deb topdi.Soğliqni saqlaş boşqarmasi rahbariyati bu tuhfa uçun filial jamoasiga samimiy minnatdorçilik izhor qildi.