Xorazmda dabdabali töylar va isrofgarçilikka qarşi çoralar muhokama qilindi
12-08-2025, 12:13
898 марта
Xorazmda dabdabali töylar va isrofgarçilikka qarşi çoralar muhokama qilindiYangiariq tumanida töylar va boşqa marosimlarda meyoridan ortiq dabdaba hamda isrofgarçilikka yöl qöyiliş holatlari muhokama etildi. Mazkur yiğiliş Din işlari böyiça qömita tuman boş mutaxassisi hamda Mahallalar uyuşmasi tuman bölimi hamkorligida, tuman faollari iştirokida ötkazildi.
Yiğilişda takidlanişiça, ayrim fuqarolar dabdabali töy marosimlari va ularni ötkaziş uçun sarflanayotgan katta mablağlar tufayli qarzga botmoqda. Qarzdan qutuliş maqsadida esa ular çet elga iş izlab çiqib ketmoqda. Bu esa oilalar parokandaligi va ajrimlar sonining ortişiga olib kelmoqda.


Tadbir davomida uşbu salbiy holatlarni oldini oliş uçun tarğibot işlarini kuçaytiriş, fuqarolar orasida oddiylik va meyoriy sarf-xarajatni tarğib qiliş zarurligi qayd etildi.Xorazm viloyatida bunday uçraşuv va muhokamalar orqali isrofgarçilikka qarşi kuraşiş va soğlom oilaviy muhitni saqlaşga qaratilgan işlar izçil davom etmoqda.


