Xorazm yöllarida bolalar xavfsizligi uçun yangi tizim joriy etildi
1-09-2025, 11:23
445 марта
Xorazm yöllarida bolalar xavfsizligi uçun yangi tizim joriy etildi2025–2026-öquv yili boşlanişi munosabati bilan Xorazm viloyatida bolalarning yöllarda xavfsizligini taminlaşga qaratilgan yangi tizim amaliyotga joriy etildi.
Uşbu taşabbus doirasida Xorazm viloyati IIB JXX YHXB hamda Mudofaa işlari boşqarmasi masul xodimlari hamkorligida köngilli yöl posbonlari şakllantirildi. Ularga umumtalim maktablari oldida bolalar xavfsizligini taminlaş vazifasi yuklatildi.
Yöl posbonlariga maxsus jezl tayoqçalari va nur qaytaruvçi nimçalar tarqatildi. Şuningdek, ularga yöl harakatini tartibga soliş qoidalari va işoralarni töğri qöllaş yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borildi.
Mazkur çora-tadbirlar farzandlarning maktabga boriş va uyiga qaytiş jarayonida yöllarda xavfsiz harakatlanişiga kömaklaşadi. Şu bilan birga, bolalar iştirokidagi yöl-transport hodisalarining oldini olişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Mutasaddilar ota-onalarni farzandlariga yöl harakati qoidalarini örgatişga va ularning xavfsizligiga jiddiy etibor qaratişga çaqirmoqda.



