Yöllarda trotuarlar mavjud emasligi bolalar ölimini köpaytiryapti – Bolalar ombudsmani
14-05-2025, 16:28
231 марта

Yöllarda trotuarlar mavjud emasligi bolalar ölimini köpaytiryapti – Bolalar ombudsmani
Bugungi kunda masullar tomonidan yöllarda bolalar xavfsizligini taminlaşga qaratilgan çoralar kuçaytirilgan bölsa-da, ular hali yetarliça emas. Bu masala kompleks ravişda hal etilişi muhim.Bu haqda Bolalar ombudsmani va IIV Yöl harakati xavfsizligi xizmati rahbariyati örtasida bölib ötgan amaliy uçraşuvda gap bordi.
Qayd etilişiça, hozirda bolalar bilan sodir bölayotgan YTHning katta qismi turar-joy hududlarida kiçik yoşdagi bolalarning qarovsiz qoldirilayotganligi hamda ota-ona nazorati bölmay ösmir bolalar avtomaşina haydaşiga yöl qöyilişi oqibatida yuz berayotganligi tufayli mahallalarda tarğibot tadbirlarini faollaştiriş, bunday noxuş holatlarga yöl qöymaslik böyiça ota-onalar masuliyatini kuçaytiriş talab etiladi.
Şu örinda, yöllarda trotuarlar mavjud emasligi ham bolalar YTH qurboni bölayotganligining jiddiy omili ekanligiga etibor qaratilib, buning oldini oliş uçun zaruriy çoralarini köriş böyiça mutasaddi taşkilotlar bilan hamkorlikni kuçaytiriş zarurligi takidlandi.
Uçraşuv yakunida yöllarda bolalar xavfsizligini taminlaş – umumiy maqsad ekanligiga urğu berilib, bu yönalişdagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça kelişuvga erişildi.
Malumot uçun, ayni paytga qadar «Xavfsiz bolalik» tadbirlari doirasida respublika hududlaridagi maktablar oldida 425 ta svetoforlar, 865 ta qavariq piyodalar ötiş joylari, 1599 ta suniy notekisliklar va 7598 ta temir panjaralar örnatilgan.
Şuningdek, 5 150 ta maktabda Yöl harakati qoidalarini örgatiş maxsus sinfxonalari taşkil qilinib, öquvçilar uçun 42 355 ta «xavfsiz yönaliş xaritasi» işlab çiqilgan.