USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmdagi boğçalarda qonun bor, adolat va mantiq-çi?

115 марта
Xorazmdagi boğçalarda qonun bor, adolat va mantiq-çi?

Maqtabgaça talim muassasalarida bolalar uçun oziq-ovqat meyori Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori va tegişli vazirliklar buyruqlari bilan tasdiqlangan. Unga köra, har bir bolaga kundalik ravişda 100 gramm non ajratilişi belgilangan. Bir qaraşda bu qonuniy va meyoriy holdek körinadi. Ammo uning ortida katta mantiqiy savollar yotibdi.

Çunki uşbu meyor 3 yoşdan 7 yoşgaça bölgan barça bolalar uçun bir xil qilib belgilangan. Savol tuğiladi:
 • Uç yoşli bola bilan yetti yoşli bolaning qorni va oziqlaniş ehtiyoji bir xilmi?
 • Nega oziqlanişda bolaning yoşi, vazni, fiziologik rivojlaniş bosqiçi hisobga olinmayapti?
 • Qonun qöyildi, lekin uning ortida mantiq va adolat bormi?


Masalan, biron oilaning uyida ham kiçik va katta farzandlar bor. Ota-ona ularga ovqatni yoşiga va istemoliga qarab berişi tabiiy hol. Ammo davlat boğçasida non meyori har kimga bir xil — kiçikka ham, kattaga ham. Bu holat hayotiy mantiqqa mutlaqo töğri kelmaydi.

Köpçilik ota-onalar haqli ravişda savol bermoqda:
 • “Bu tartibni belgilagan vazirlik masullari uylarida ham şunday qilişadimi?”
 • “Uç yoşli çaqaloq bilan yetti yoşli maktabgaça bolani bir xil gramm bilan oziqlantiriş qaysi ilmiy asosga töğri keladi?”

Şunisi açinarliki, bugunça masala “non meyori”dan boşlandi. Agar bunday “bir xil” yondaşuv davom etsa, ertaga boşqa ovqatlar — göşt, sut, vitamin va kaloriya hisobida ham mantiqsizlik yuzaga çiqişi mumkin.

Qonun bor, ammo mantiq va adolat ham bölişi şart!
Maqtabgaça talim vazirligi bunday qarorni qabul qilişdan oldin ilmiy-amaliy asoslarga tayaniş, bolalarning yoş guruhlari böyiça oziqlaniş meyorlarini qayta körib çiqişi zarur.

Aks holda, bu tizim faqat qoğozda qonuniy, hayotda esa kulgili va mantiqsiz holat bölib qolaveradi.

⸻

❓Xurmatli mutasaddilar! Savolimiz oçiq: “Non” meyori qaysi asosda belgilagan?

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: