Özbekistonda jinsni özgartirişga ruxsat berildimi?
16-06-2025, 17:22
880 марта

Özbekistonda jinsni özgartirişga ruxsat berildimi?
Avvalroq,endilikda Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan jinsini özgartirgan fuqarolar ism-familiyasini ham özgartirişi mumkinligi xabar qilingandi. Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda “jinsini özgartirişga ruxsat berildi...”, “endi kim jinsini özgartirsa, u familiya, ism va ota ismini ham özgartirişi mumkin...” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Adliya vazirligi mazkur xabarlar va qaror yuzasidan tuşuntiriş berdi.Qayd etilişiça, qonunçilikka muvofiq bolaning tuğilişini qayd etiş vaqtida uning jinsiga oid malumotlar tibbiyot muassasasi tomonidan beriladigan tibbiy guvohnoma asosida yoziladi. Biroq har yili örtaça 5-6 nafar bola jinsi noaniq holatda tuğilişi uçrab turadi, bunda dastlabki tekşiruvlar bolaning jinsini “öğil” yoki “qiz” deb körsatsa-da, keyinçalik bola 5-10 yoş, ayrim holatlarda esa 10-16 yoşdan oşganda bolaning jinsi “öğil” emas “qiz” ekani yoki aksinça “qiz” emas “öğil” ekani aniqlanmoqda.
Şu kabi holatlarda tibbiyot muassasasining xulosasi bilan jinsga oid malumotlarga tuzatiş kiritiladi.
Malumot uçun, bu kabi holatlarda jinsini tuzatiş mumkinligi Oila kodeksining 229-moddasida belgilangan bölib, mazkur huquqiy normalar yangi joriy etilmagan, aksinça 1998 yil 1 sentyabrdan buyon amalda hisoblanadi.
Bu borada qonunçilik hujjatlarida ayrim huquqiy böşliqlar mavjud bölgan. Misol tariqasida, 2008 yilda tuğilgan bolaning jinsini aniqlaş imkoni bölmasdan “öğil” deb yozilgan va öğil bolaning ismi qöyilgan. Keyinçalik bola 16 yoşga tölgaç tibbiy tekşiruvlarda uning jinsi qiz ekani aniqlanib, tibbiyot muassasasining xulosasiga asosan jinsiga oid malumotlarga tuzatiş kiritilgan. Biroq uşbu xulosa asosida uning familiya, ism va ota ismini qiz bolalarga mos ravişda özgartiriş imkoni bölmagan.
Mazkur huquqiy böşliqlarni bartaraf etiş maqsadida Vazirlar Mahkamasining joriy yil 12 iyundagi 362-son qarori qabul qilinib, tibbiyot muassasasining xulosasiga asosan jinsiga oid malumotlar tuzatilganda bolaning familiya, ism va ota ismini jinsiga mos ravişda özgartirişi belgilangan.
“Ommaviy axborot vositalaridan bunday holatlarning notöğri talqin qilinmasligini sörab qolamiz”, deyiladi xabarda.