Özbekistonda jinsini özgartirgan fuqarolarga yangi huquq berildi
16-06-2025, 15:11
1 191 марта

Özbekistonda jinsini özgartirgan fuqarolarga yangi huquq berildi
Özbekistonda endilikda jinsini özgartiriş holati ism, familiya va otasining ismini özgartiriş uçun asos böladi. Bu Vazirlar Mahkamasi 12 iyun kuni qabul qilingan “Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şunigdek, bazilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida”gi qarorida belgilangan.Qarorga köra, endilikda jinsini özgartirgan fuqaro ism, familiya va otasining ismini özgartiriş haqida ham ariza bera oladi. Buning uçun soğliqni saqlaş muassasasi tomonidan jinsni özgartiriş töğrisida berilgan tibbiy xulosa taqdim etilişi kerak.
Qoidalarning yangi tahririga köra, FIO quyidagi hollarda özgartirilişi mumkin:
- Özbekiston Respublikasi “Davlat tili töğrisida”gi qonunning 15-moddasiga muvofiq;
- Sud qaroriga asosan;
- Agar ism yoki familiya noxuş yoki yoqimsiz eşitilsa;
- Agar ism yoki familiya milliylikka mos kelmasa;
- Istak böyiça – turmuş qurişdan oldingi familiyaga qaytiş (turmuş davrida yoki ajraşgaç);
- Oila azolari umumiy familiya olişni istasa (agar nikoh tuzilganida bunday familiya olinmagan bölsa);
- Farzandlarning otasi, onasi, onaning turmuşdan oldingi familyasi yoki ögay ota/vasiy familiyasini olişini istaş holatida;
- 16 yoşga tölgan şaxs uçun otalikni belgilaşda;
- Jins özgartirilganda.