Xorazmda içimlik suvidan noqonuniy foydalangan istemolçilardan qarz sud orqali undirilmoqda
7-09-2025, 07:29
214 марта
Xorazmda içimlik suvidan noqonuniy foydalangan istemolçilardan qarz sud orqali undirilmoqda“Xorazm suv taminoti” AJ tomonidan joriy yilning 8 oyi davomida içimlik suvidan noqonuniy foydalaniş va tölovlarni amalga oşirmaslik holatlari böyiça sudlarga jami 2011 ta davo arizasi kiritildi.
Korxona mutasaddilarining takidlaşiça, istemolçilarning aksariyati ogohlantirişlarga qaramasdan yetkazilgan zarar yoki qarzdorlikni ixtiyoriy ravişda tölamaydi. Şu bois ulardan qarzni majburiy tartibda undiriş uçun sudga murojaat qilişga töğri kelmoqda.
— Afsuski, ogohlantirişimizga qaramasdan, yetkazilgan zarar yoki foydalanilgan suvdan qarzini tölamaslik holatlari uçrab turibdi, — deydi “Xorazm suv taminoti” AJ yuridik bölimi boşliği Komronbek Ollanazarov. — Şu örinda “noqonuniy iş keltirar taşviş” degan maqolni yana bir bor eslatmoqçiman.
Uning sözlariga köra, bunga yaqqol misol sifatida Tuproqqala tuman tibbiyot birlaşmasi misol qilib keltirildi. Uşbu muassasa içimlik suvi tarmoğiga noqonuniy ulanib, korxonaga katta miqdorda zarar yetkazgan. Sud işni körib çiqib, korxona foydasiga 291 million 196 ming 641 söm undiriş haqida qaror çiqardi.
Mutasaddilar aytişiça, bu kabi holatlar oz emas.
Qonunga amal qilmaslikning oqibati esa oğir bölişi mumkinligi takidlanmoqda.