Xorazmda YPX xodimlari iştirokidagi taqib fojea bilan yakunlandi- beş kişi vafot etdi
13-09-2025, 16:24
2 697 марта
Xorazmda YPX xodimlari iştirokidagi taqib fojea bilan yakunlandiXorazm viloyatida yöl-patrul xizmati xodimlarining haydovçini taqib qilişi oğir oqibatlarga olib keldi. Sud hujjatlariga köra, mazkur voqea 2024-yil 27-sentyabr kuni “Boğot–Yangiariq–Xiva” yölida sodir bölgan.
Malumotlarga köra, ikki nafar YPX xodimi “Cobalt” rusumli avtomaşina haydovçisini qöl telefonidan foydalangani uçun töxtaşga işora bergan. Biroq haydovçi töxtamay qoçgan. Şu orqali xodimlar özlariga tegişli bölmagan “Onix” rusumli şaxsiy avtomaşinada haydovçi ortidan taqibga tuşgan.
Taqib paytida haydovçi katta tezlikda harakatlanib, xavfli burilişda qarşi yöl harakatiga çiqib ketgan va “VAZ-2106” rusumli avtomaşina bilan töqnaşgan. Oqibatda “Jiguli”da bölgan beş kişi halok bölgan. Vafot etganlardan biri homilador ayol ekani, qolganlari esa bir oila vakillari bölgani malum qilingan.
Eng açinarlisi, holatni körgan YPX xodimlari birinçi yordam körsatiş örniga voqea joyidan qoçib ketişgan.
Sudda YPX xodimlari va haydovçiga nisbatan hukm çiqarilgani qayd etilgan.