Xorazmda 5,9 milliard dollarlik ekologik toza aviatsiya yoqilğisi loyihasi amalga oşiriladi
24-09-2025, 08:26
590 марта

Xorazmda 5,9 milliard dollarlik ekologik toza aviatsiya yoqilğisi loyihasi amalga oşiriladi
Xiva şahrida bölib ötgan xalqaro investitsiya forumi doirasida viloyat hokimi Jörabek Raximov Avstraliyaning “Allayd Grin Ammoniya” kompaniyasi boşqaruvi raisi Alfred Benedikt boşçiligidagi delegatsiya vakillari bilan uçraşdi.
Uçraşuv çoğida Tuproqqala tumanida 5,9 milliard dollarlik investitsiya kiritiş evaziga “Ekologik toza aviatsiya yoqilğisini işlab çiqariş” loyihasini amalga oşiriş masalalari muhokama qilinib, tegişli kelişuvlar imzolandi.
Mazkur yirik loyiha amalga oşirilişi natijasida yiliga 400 ming tonna ekologik toza aviatsiya yoqilğisi işlab çiqarilişi közda tutilgan.
Bu esa Xorazm viloyatida iqtisodiy rivojlaniş bilan birga, ekologik sohaga ham katta hissa qöşişi kutilmoqda.

