USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazm viloyatidagi işlar holati va yangi loyihalar körib çiqildi

948 марта
Xorazm viloyatidagi işlar holati va yangi loyihalar körib çiqildi 

Davlatimiz rahbariga Xorazm viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar yuzasidan axborot berildi.

Tabiiy resurslari çeklangan bu hudud iqtisodiyoti tarkibiy özgarişlar orqali rivojlantirilmoqda. Sönggi sakkiz yilda 2 milliard dollar investitsiya kiritilib, 25 mingdan ortiq sanoat korxonalari oçilgan. Işlab çiqariş hajmi 2,2 karra oşgan. Bugun viloyatda töqimaçilik, avtomobilsozlik, elektr texnikasi, oziq-ovqat va quriliş materiallari sanoati bor.

Toşsoqa magistral kanali qayta tiklangani natijasida Xorazm uçun öta muhim bölgan suğoriş tizimi yaxşilandi. Amudaryo ustida yangi köprik qurilişi viloyat aholisining uzoğini yaqin qildi.

Sakkiz yilda viloyatda 660 ta köp qavatli turar joy barpo etilib, 21 ming oila yangi uyli böldi. 4 ming 751 kilometr içimlik suvi va 206 kilometr kanalizatsiya tarmoği qurildi, 580 ming aholi ilk bor markazlaşgan içimlik suvidan bahramand böldi.
Joriy yil boşidan beri 100 ming ehtiyojmand aholi iş bilan taminlandi. Kambağallik darajasi yanvardagi 12 foizdan 6,8 foizga tuşib, eng yaxşi körsatkiç böldi.
Bunday işlarni yanada kengaytiriş maqsadida Xorazm viloyatida ham “Islohotlar ştabi” tuzildi. Taqdimotda tadbirkorlarning takliflari asosida işlab çiqilgan yangi loyihalar haqida axborot berildi.
Masalan, Janubiy Koreyaning 100 million dollar investitsiyasi hisobidan Urganç tumanida çiqindi yoqiş orqali elektr energiyasi oliş loyihasi möljallangan.

Tadbirkorlikni rivojlantiriş, yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş masalalariga ham töxtalib ötildi.
Avstraliya kompaniyasi 820 million dollar investitsiya kiritib, Tuproqqala tumanida 600 ming tonna ekologik toza aviatsiya yoqilğisi va 50 ming tonna “yaşil dizel” işlab çiqariş taklifini bildirgan. Korxona ehtiyoji uçun 5,5 ming gektarda 4 gigavatt quyoş panellari örnatilişi közda tutilgan.
Şuningdek, Slovakiya korxonasi 170 million dollar hisobiga Tuproqqala tumanida 5 ming gektarda raps yetiştirib, bioyoqilği işlab çiqariş zavodi qurişni rejalaştirgan.
Umuman, Xorazmda 2 milliard 400 million dollarlik yangi loyihalar tayyorlangan. Şuningdek, şahar va tumanlarning qöşimça imkoniyatlari hisobidan yana 86 million dollarlik istiqbolli loyiha va taşabbuslar şakllantirilgan.
Davlatimiz rahbari investorlarga qulaylik yaratib, loyihalarni jadallaştiriş böyiça topşiriqlar berdi. 
Viloyatdagi sanoat zonalaridan töla foydalanilmayotgani körsatib ötildi. Infratuzilma va yer toifasi masalasini hal qilib, 100 dan ziyod loyihalarni işga tuşiriş zarurligi aytildi. Xorazmning joylaşuvidan kelib çiqib, sanoat yönalişlarini puxta rejalaştiriş, bunga viloyatning içki salohiyatini töliq safarbar qiliş kerakligi takidlandi.
Tadbirkorlikni rivojlantiriş, yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş masalalariga ham töxtalib ötildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: