USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urgançda köp qavatli uylar tomida yana yoşlar körina boşladi

6 335 марта
Urgançda köp qavatli uylar tomida yana yoşlar körina boşladi

Urganç şahridagi köp qavatli uylar tom qismida yoşlar yana yiğilayotgani jamoatçilikda jiddiy xavotir uyğotmoqda. Eslatib ötamiz, yaqinda ikki nafar qiz tomdan taşlab halok bölgani haqida xabar bergandik. Şu voqeadan söng köp qavatli uylar tomiga çiqiş yöllarini yopiş va qatiy nazorat örnatiş zarurligi takidlangan edi. Ammo afsuski, kutilgan çoralar hali amalga oşirilmaganga öxşaydi.


Yangi holat

Keça Pahlavon Mahmud va Marifatçi köçalaridagi uylar tomida ikki yoşning nomaqul holatlarda videoga tuşgan lavhalari tarqaldi. Ular kuniga oçiqdan-oçiq oğiz-burun öpişib turgan bir vaqtda, jamoatçilikda tabiiy savol tuğildi: mahalla masullari qayerda?

Xavf hali ham bartaraf etilmagan

  • Tom — texnik hudud hisoblanadi, bu yerga çiqiş hayot uçun xavfli.
  • Yoşlarning qiziquvçanligi va beparvoligi oqibatda yana fojea keltirib çiqarişi mumkin.
  • Agar yana bir şov-şuvli voqea sodir bölsa, bu gal masuliyatdan qoçiş mumkin böladimi?
Çoralar qaçon köriladi?

Mutasaddilarga qarata jamoatçilikning asosiy talabi quyidagilardan iborat:

  1. Köp qavatli uylar tomiga çiqiş eşiklarini qulflaş va nazorat örnatiş.
  2. Podezd va zinapoyalarda videokuzatuv kameralari örnatiş.
  3. Mahalla masullari tomonidan doimiy tekşiruvlar ötkaziş.
  4. Yoşlar bilan tarğibot va tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş.
Xulosa

Mahalla raisi va mutasaddilar uçun kabinetdan çiqib, aholi içiga kiriş vaqti yetib keldi. Tomdagi har bir yoş — bu xavf, bu kelgusi fojeaning ehtimoli. Masullar vaqtida çora körmasa, ertaga keç bölişi mumkin.

Yoşlar xavfsizligi — gapda emas, amaliy işlar orqali taminlanişi şart.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: