Urgançda tanqiddan söng yertöla muammosi hal qilindi
30-09-2025, 17:19
172 марта
Urgançda tanqiddan söng yertöla muammosi hal qilindiUrganç şahridagi Al-Xorazmiy 67-uy yertölasini suv bosgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar aholi örtasida katta bahs va tanqidlarga sabab böldi.
Tanqiddan söng uyga xizmat körsatuvçi “Texnik xizmat körsatiş” BSK tezkor ravişda muammoni bartaraf etdi. Maxsus texnik vositalar yordamida yertöladagi suv çiqarib taşlandi va kelgusida bunday holat takrorlanmasligi uçun profilaktik işlar bajarildi.
Bajarilgan işlar fotosuratlari ham albom körinişida ilova qilingani qayd etildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi tanqid va aholi şikoyatlari masul taşkilotlarning tezkor çora körişiga turtki bölmoqda. Bu esa aholi manfaatlarini himoya qilişda oçiqlik va jamoatçilik nazoratining ahamiyati yuqori ekanini yana bir bor körsatdi.



